Olmos

543

由 Hasan Husanov 使用 Suno AI

Olmos
v3.5

@Hasan Husanov

Olmos
v3.5

@Hasan Husanov

lyrics
Olmoslardan keskir edi shamshiringiz, Tutun bo‘lib to'zib ketdi taqdiringiz, Ming yigitga arzirdingiz har biringiz, Ot o'ynatib yurmadingiz "bosmachi"lar...
Tuproq to'shak bo'ldi, bolish - egar boshda, Jaloliddin kabi mudom jahongashta, Umringizning yarmi o'tdi tog'-u toshda, Ne kunlarni ko'rmadingiz "bosmachi"lar...
Qo'rg'oshinga qalqon bo'ldi o't ko'kraklar, Kafan bo'ldi qonga botgan oq yaktaklar, So'ngi makon bo'ldi ba'zan chakalaklar, Odamday ham o'lmadingiz "bosmachi"lar...
Tushunmayin kim qarg'adi, kimlar sotdi, Ko'nglingizda alam, ko'zda yoshlar qotdi, Ortingizdan goh bolangiz toshlar otdi, Yosh deb gina qilmadingiz "bosmachi"lar...
Uyingizda sizni kutdi kel deb to'ram, Kelinchaklar kokillari taram-taram, Ko'ngilga yor sig'armidi, yurtda qaram, Jangohlardan jilmadingiz "bosmachi"lar...
Kengashsangiz tor dunyolar keng bo'lardi, Ergash yoqa bo'lsa, Shermat yeng bo'lardi, Birlashsangiz kim ham sizga teng bo'lardi?! Nechun ahil bo'lmadingiz "bosmachi"lar...
Bosmachi"mish! Bunday demish qay bema'ni! Tutmaydimi uni bir kun Beklar qoni?! Hamma sizdek o'z yurtini suysa qani, Behuda qon to'kmadingiz "bosmachi"lar...
Siz yo'q bunda ko'tarildi dar pardalar, Otdan tushdi sariq mo'ylov sarkardalar, Buxoroni to'pga tutgan sharmandalar, Afsus, afsus ko'rmadingiz "bosmachi"lar...
Olmoslardan keskir edi shamshiringiz, Tutun kabi to'zib ketdi taqdiringiz, Ming yigitga arzirdingiz har biringiz, Ot o'ynatib yurmadingiz "bosmachi"lar
音乐风格
Sad

你可能会喜欢

歌曲的封面Rrr
v4

由 Vira Brevis 使用 Suno AI 创建

歌曲的封面45 MOC - ISKRA
v4

由 GrabarzGhost Ghost 使用 Suno AI 创建

歌曲的封面O Kotku Pysi
v4

由 kora 使用 Suno AI 创建

相关播放列表

歌曲的封面A Própria Mãe - Versão Heavy Metal
v4

由 Leonardo Bagno 使用 Suno AI 创建

歌曲的封面Tomi És A Caddy
v4

由 Gréta Zsófia Bak-Bodolai 使用 Suno AI 创建

歌曲的封面А ты мне
v4

由 Vahtang Roshal 使用 Suno AI 创建

歌曲的封面طععو
v4

由 عمرو الزبيدي 使用 Suno AI 创建