เนื้อเพลง
Bir damgina to‘xtamas, tinmas,
Har lahzasi darkor yuragim.
Kuni kunmas, tunlari tunmas,
Oqshomlari bedor yuragim.
Yuragimey, yuragim,
Hol so‘rgali ona yo‘q unga,
Tirik yetim, xor- zor yuragim.
Ko‘z yoshlari aylanib qonga,
«Uh!» tortadi nochor yuragim.
Yuragimey, yuragim,
Tirik yetim, xor- zor yuragim.
Davosi yo‘q dardlari bisyor,
Hastaginam, bemor yuragim.
Dilda shirin orzulari bor,
Yetolmagan abgor yuragim.
Yuragimey, yuragim,
Hastaginam, bemor yuragim.
Pichirlaydi: Taqdir ekan bu!
Boshini jim egar yuragim.
Bir damgina tin olmoq orzu
Ilinjida yashar yuragim.
Yuragimey, yuragim,
Boshini jim egar yuragim.
รูปแบบของดนตรี
Uzbek traditional, sad, melancholic, live instruments