Текст песни
Dildan chiqsa chinqirmas ovoz,
Maysani ham sindirmas ovoz.
Xonishlarim dardlarimga mos,
Mashhurlarga balki o`xshamas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
Bu san’atning noni ham qattiq,
San’atkorning joni ham qattiq.
Baho bermang mehrdan ortiq,
Mashhurlarga balki o`xshamas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
Mashhurlarga balki o`xshamas, ey,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
O`z yo`limdan adashmasam bas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
O`z yo`limdan adashmasam bas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
Kimda hasad, kim aylar qadr,
Barchasiga topganmiz sabr.
Xudo ravo ko`rgani shudir,
Mashhurlarga balki o`xshamas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
Faqir bo`lib, panaladik sal,
Goh davrada tegmay qoldi gal.
O`ychimasman – ishim tavakkal,
Mashhurlarga balki o`xshamas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
Mashhurlarga balki o`xshamas, ey,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
O`z yo`limdan adashmasam bas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
O`z yo`limdan adashmasam bas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
Chumoliga yo`q menda ozor,
Qo`llab tursa haq Parvardigor.
Sizdek aziz muhlislarim bor,
Mashhurlarga balki o`xshamas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
Dildan chiqsa chinqirmas ovoz,
Maysani ham sindirmas ovoz.
Xonishlarim dardlarimga mos,
Mashhurlarga balki o`xshamas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
Mashhurlarga balki o`xshamas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
O`z yo`limdan adashmasam bas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
O`z yo`limdan adashmasam bas,
O`z yo`limdan adashmasam bas.
Read more: https://uz.lyricsus.com/xurshid-rasulov/adashmasam-bas/