Songteksten
Sensen sevarim, xoh inon, xoh inonma, Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. Hijron kechasi charxi falakka yetar, ey moh, Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma. Haqqoki qilich kelsa boshimga, eshikingdin Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma. Usruk ko‘zing ashkolina har gah nazar etsam, Qolmas xabarim, xoh inon, xoh inonma. Ya’qub bikin ko‘p yig‘idin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. Oy yuzung‘a ko‘z solg‘ali o‘zga kishi birla, Yo‘qtir nazarim, xoh inon, xoh inonma. Ishq o‘tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi, Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.